

Farg'ona viloyati, O'zbekiston tumani jamoasi safiga kuni-kecha Doniyor Ismoilov kelib qo'shildi. O'tgan mavsumni Andijonda o'tkazgan qanot yarim himoyachisi burgutlar tarkibida Superligada 11ta uchrashuv (613 daqiqa) o'tkazdi.
Hozirda 26 yoshli futbolchi Turon tarkibida Farg'ona shahrida o'tayotgan Hokim Kubogi turnirida ishtirok etmoqda.




