Dmitriy Xomuxa: "O'zbekistonga guruhda birinchi o'rinni tilayman"

Nadirkhuja Yuldashev
24 okt 2013, 20:28
"Afsuski musobaqani yaxshi boshlay olmadik. Avvalgi o'yinda imkoniyatlardan foydalana olmagan edik", - deydi Xomuxa.
- Evropa chempioni uchun yaxshi bo'lmagan natija qayd etildi, endigi rejalar qanday?
- Endi biz 19 yoshli terma jamoaga aylanamiz va bu borada to'g'ri xulosalarni chiqargan holda ish olib boramiz.

- Bugungi yirik hisobdagi g'alabadan so'ng keyingi bosqichga chiqish imkoniyatingiz saqlanib qolindi. Ammo bu raqiblarga bog'liq. Shu jumladan O'zbekiston - Xorvatiya terma jamoalari o'rtasidagi o'yinga ham...

- Ha to'g'ri. Men bu uchrashuvda O'zbekiston terma jamoasiga omad tilayman va ularni guruhda birinchi o'rinni qo'lga kirtishlari istayman.

Xayrulla Xoliqov

Nadirkhuja YuldashevMuallif
Manba: championat.asia