Dmitriy Sychev: Ha, men Volgaga o'taman

Narzulla Saydullayev
12 iyul 2013, 04:06
Minskning Dinamo klubi hujumchisi Dmitriy Sichev Nijegorodning Volga klubiga o'tayotganini tasdiqladi.
Ha, men Volgaga o'tayapman. Kuni kecha mening ijaraga berilishim aniq bo'ldi.

Gomelga qarshi Belorussiya chempionatidagi o'yin so'nggi uchrashuv bo'ladi, – deydi Sichev.

 Eslatib o'tamiz, 29 yoshli hujumchi Moskvaning Lokomotiv klubiga tegishli. Moskva klubi va Dinamo o'rtasidagi ijara muddati 15 iyul kuni tugaydi, shundan so'ng hujumchi Volgadagi faoliyatini boshlaydi.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru