Diyor Xolmatov: "Jarohatdan qutulishimga bir yarim oy vaqt kerak bo'ldi"

Оқил Абдубарноев
15 iyun 2025
Superliganing 12-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Paxtakor" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar yarim himoyachisi Diyor Xolmatov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Jarohatdan forig' bo'lib, maydonga qaytganimdan xursandman. O'yinga kelsak, chiroyli bellashuv guvohiga aylandik. Afsuski, vaziyatlardan foydalana olmadik. Endi keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz. 

Jarohatdan qutulishimga bir yarim oy vaqt kerak bo'ldi, bu vaqt ichida o'yinlarda ishtirok eta olmadim. Hozirgi holatim ancha yaxshi. Xavotir yo'q. Chunki sportchi har qanday sinovlarni engib o'tishi kerak", dedi 22 yoshli futbolchi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia