Diyor Xolmatov: "Yevropaga ketishim shu yig'indan keyin hal bo'ladi"

Mirjalol Normatov
28 avg 2025, 23:33
CAFA turniriga tayyorgarlik olib borayotgan O'zbekiston termasi futbolchisi Diyor Xolmatov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Taassurotlar juda yaxshi. Mashg'ulotlar yaxshi o'tmoqda, tayyorgarlikni olib boryapmiz. Barchaning kayfiyati yuqori darajada. Faqatgina o'yinni o'ylamoqdamiz.

- Dastlabki raqib O'mon haqida fikrlar qanday?

- Bugun O'monni taxlil qildik. Jamoa juda yaxshi. Ko'p pas o'ynaydi, hujum qilishni yaxshi ko'radi. Biz ham mashg'ulotlar orqali o'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'ramiz.

- O'yinlar yangi stadionda bo'lishi futbolchilarga qanchalik yaxshi yoki yomon?

- Yangi stadionda hali mashg'ulot olib bormadik. Ertaga bu maydonda shug'ullanamizmi yo'qmi, bilmayman. Barchasi so'roq ostida bo'lib turibdi. Yangi stadionning qanday ekanligini bilmayman. Ushbu stadionda muxlislarni xursand qilishga harakat qilamiz.

- Yangi qurilgan qarorgoh haqida qanday fikrdasiz?

- Juda zo'r. Bu yerda barcha narsalar bor. Futbol uchun kerak bo'lgan barcha sharoitlar etarli.

- Yevropaga ketishingiz aniqmi?

- Shu yig'indan keyin barchasi aniq bo'ladi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia