Ditmar Xamann: Benites – MYU uchun munosib nomzod

Aziz Tukhtamuradov
23 apr 2014, 22:04
Liverpul va Germaniya terma jamoasining sobiq futbolchisi Ditmar Xamanning fikricha MYU bosh murabbiylikka Rafael Benitesni taklif etishi zarur ekan.

Manchester Yunaytedga Benites nomzodini o'ylab ko'rish zarar qilmaydi. Jamoaga kuchli futbolchilar bilan ishlay oladigan, Chempionlar ligasiga yo'llanma ola biladigan murabbiy zarur.

Rafael Benites hozirda Neapolda ishlamoqda. Lekin uning oilasi Uels shimolida istiqomat qilishadi. Uning o'zi xam shu sababli primer-ligaga qaytishi mumkin.

U Arsenalga mos keladi deb o'ylamayman. Manchester Yunayted uchun esa u ajoyib nomzod, – deydi Xamann.

Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: sports.ru