Diter Xekking: "Bu "Manchester Yunayted" ko'proq bizga e'tibor qaratsin"

7 dek 2015, 23:50
"Volfsburg" bosh murabbiyi Diter Xekking "Manchester Yunayted"ga qarshi bahs oldidan o'z fikrlarini bildirdi.


"Biz ko'p ham "Manchester Yunayted"ga e'tibor qaratmasligimiz kerak. O'zimizni o'yinimiz diqqatimizni jamlab o'ynashimiz lozim. Men hech qanday bosimni his qilmayapman. Uchrashuvni esa intizorlik bilan kutmoqdaman. Biz pley-offga chiqish uchun barcha imkoniyatimizni ishga solamiz. Jamoa tarixiga yangi sahifa ochishimiz lozim. Maqsadimiz g'alaba. Bu "Manchester Yunayted"ga biz emas, balki ular ko'proq bizga e'tibor qaratsin", - dedi Xekking.

O'xshash yangiliklar


Manba: bild.de