Diskvalifikaciya qilingan Ilhom Mo'minjonov norasmiy tarzda "Surxon"ni boshqarmoqda

Aslanov Jasurbek
1 apr 2019, 16:52
"Surxon" sobiq bosh murabbiyi, futboldan bir yilga chetlatilgan Ilhom Mo'minjonov murabbiylikni davom ettiryapti.

"Erudit Sport" gazetasining Telegramdagi kanalida berilgan ma'lumotga ko'ra, "Surxon" hamda "Dinamo" o'rtasidagi Superliganing 2-tur uchrashuvidan so'ng Mo'minjonovni Surxondaryo klubi stadioni ichida ko'rishgan.

"O'FA va PFL tomonidan 1 yilga futboldan chetlatilgan Surxon sobiq bosh murabbiyi Ilhom Mo'minjonov Termizdagi “Surxon” – “Dinamo” o'yinidan keyingi rasmi. Mo'minjonov norasmiy tarzda “Surxon” bosh murabbiyi sifatida ishlamoqda" - deyiladi "Erudit Sport" Telegram kanalida. 

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: t.me/eruditsport