Dinamo nazorat uchrashuvida g'alaba qozondi

Aziz Tukhtamuradov
3 fev 2017, 21:07
2 fevral kunidan Toshkentda o'quv mashg'ulot yig'inini boshlagan Dinamo jamoasi poytaxtdagi dastlabki nazorat uchrashuvini o'tkazdi.
3 fevral kuni Chilonzordagi suniy qoplamali maydonda o'tgan bahsda Dinamo jamoasi Paxtakor o'rinbosarlar tarkibiga qarshi to'p surib, yirik 3:0 hisobdagi g'alabaga erishdi.

Dinamo gollariga dastlabki bo'limda Mirkomil Lokaev mualliflik qilgan bo'lsa, ikkinchi taymda Timur Ergashev va Komil Sharofutdinovlar hisobni 3:0 ga etkazishdi.

Nazorat uchrashuvi. 3 fevral. Toshkent.

DINAMO - PAXTAKOR o'rinbosarlari – 3:0

Gollar
: Mirkomil Lokaev, Timur Ergashev, Komil Sharofutdinov.

Dinamo: Mixail Naumov, Bunyod Isroilov, Hakimxon Alamxonov, Akmal Bozorov, Mirkomil Lokaev, Iskandar Xolmirzaev, Aleksey Nikolaev, Firdavs Abdusalimov, Jasur Azimov, Amirjon Safarov, Asomiddin Mamatov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Rustam Toshturdiev, Shuhrat Murodov, Ubaydullo Nabiev, Laziz Nuriddinov, Komil Sharofutdinov, Jonibek Ko'chimov, Temur Fayzullayev, Timur Ergashev, Muhammadjon Rajabov.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: fcdinamo.uz