

Xabaringiz bor, dastlabki ikki turda Dinamoning g'alabalariga jamoa ishqibozlarining hissasi katta bo'ldi. 3-tur doirasida Dinamo 12 mart kuni Toshkentda Paxtakor mehmoni bo'ladi. Ushbu o'yinga borishni rejalashtirgan jamoa muxlislari, ertaga yakshanba kuni soat 9:00da Dinamo stadioni oldida to'planib, 9:30da jo'nab ketishlari ko'zlanmoqda. Sevimli jamoamiz Dinamoni qo'llab-quvvatlashni maqsad qilgan muxlislarni ham ushbu bahsga borishga chorlab qolamiz. Batafsil ma'lumot uchun, muxlislar faoli Shavkat Burhonovga (+99897 920 24 40) murojaat etishingiz mumkin.
Eslatib o'tamiz, Paxtakor - Dinamo uchrashuvi 12 mart, yakshanba kuni soat 17:00 da boshlanadi.



