"Dinamo" "Mashal" va "Qizilqum" bilan o'ynaydi

Aslanov Jasurbek
16 yanv 2017
Yangi mavsumga tayyorgarlik ko'rayotgan Dinamo jamoasi safarda yana ikkita o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazishni rejalashtirgan.

Jumladan, 16 yanvar dushanba kuni Dinamo Yangier shahrida Mashal jamoasi bilan o'yin o'tkazadi. Bahs Mashal klubining Yangierdagi qarorgohi stadionida o'tkaziladi.

Dinamoning tayyorgarlik doirasidagi uchinchi nazorat uchrashuvi 19 yanvar, payshanba kuni Navoiy shahrida o'tadi. Shu kuni jamoamiz mahalliy Qizilqum klubiga qarshi o'rtoqlik bahsida maydonga tushadi.

Eslatib o'tamiz, Dinamo 13 yanvar kuni Jizzaxda So'g'diyona bilan nazorat bahsida 0:0 hisobini qayd etgandi.

Dinamo klubi nazorat uchrashuvlari:

13 yanvar (juma). Jizzax

SO'G'DIYONA - DINAMO - 0:0

16 yanvar (dushanba). Yangier

MASH'AL - DINAMO

19 yanvar (payshanba). Navoiy

QIZILQUM - DINAMO.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: fcdinamo.uz