"Dinamo" - "Lokomotiv" uchrashuviga marhamat

Narzulla Saydullayev
18 noya 2017
Oliy Liga 29-turining Samarqandda o'tadigan Dinamo - Lokomotiv uchrashuvi barchaning diqqat e'tiborida turibdi.

Ushbu bahsdagi g'alaba har ikki jamoa uchun juda muhim sanaladi.

Dinamo - Lokomotiv ishtirokidagi ushbu bahs har ikki tomon uchun juda muhim sanaladi. PFL qaroridan keyin, ligada qolish uchun kurash olib borayotgan Samarqand jamoasi uchun so'nggi ikki turda maksimal ochko olishi o'ta muhimdir.

Butun mavsum davomida Dinamoni tinmay qo'llab-quvvatlagan barcha samarqandlik muxlislarni 19 noyabr kungi bahsga chorlaymiz! Samarqanddagi Oliy Liga-2017 mavsumiga yakun yasab beradigan bahsda ishqibozlarning qo'llab-quvvatlashi Dinamo uchun juda muhim. O'yindan keyin Samarqandda Oliy Liga-2017 yopilish marosimi o'tkaziladi.

Dinamo - Lokomotiv o'yini chiptalari Dinamo stadioni kassalarida sotilishda davom etmoqda. O'yingohga kelib sevimli Dinamo jamoamizni qo'llab-quvvatlang!

O'yindan keyin Samarqandda Oliy Liga-2017 yopilish marosimi o'tkaziladi.


Oliy Liga. 29-tur.
19 noyabr (yakshanba)
DINAMO - LOKOMOTIV
Bosh hakam:
Aziz Asimov (Toshkent)
Uchrashuv boshlanish vaqti: 14:00.
Samarqand, Dinamo stadion.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcdinamo.uz