

Qo'shni viloyatlarning bosh jamoalari qarama-qarshiligida “So'g'diyona” 3-o'rin uchun 3 ochkoga intilsa, “Dinamo” ligada qolish uchun kurashda safarda muvaffaqiyatli to'p surishi lozim.
Superliga / 23-tur
29 oktyabr, seshanba
SO'G'DIYONA – DINAMO
Hakam: Sherzod Qosimov
O'yin boshlanish vaqti: 17:00
TV-translyatsiya: Sport TV
O'zaro o'yinlar tarixi: Ustunlik Dinamoda
Samarqand va Jizzax viloyati sharafini himoya qiluvchi ushbu klublar 1992 yili start olgan O'zbekiston chempionati tarixida 39 marta o'zaro maydonga tushishgan. Bu borada ustunlik “Dinamo”da. Samarqand jamoasi o'zaro o'yinlarda Jizzax klubini 18 marta mag'lubiyatga uchratgan bo'lsa, “So'g'diyona” 13 marta “Dinamo”ni mag'lub etgan. 8 marta o'yin durang natija bilan yakunlangan. “Dinamo”ning “So'g'diyona” ustidan qozongan eng yirik g'alabalari 4:0 va 3:6 bo'lsa, jizzaxliklarning eng yirik g'alabasi 3:1 hisobidagi g'alaba sanaladi.
Jizzaxda o'tgan o'zaro so'nggi uchrashuvlar:
30.09.2017 So'g'diyona - Dinamo 0:0
01.10.2015 So'g'diyona - Dinamo 1:2
29.03.2014 So'g'diyona - Dinamo 1:3
26.05.2013 So'g'diyona - Dinamo 4:3
05.03.2011 So'g'diyona - Dinamo 0:0
14.06.2009 So'g'diyona - Dinamo 3:1
18.11.2008 So'g'diyona - Dinamo 1:1
Joriy yilgi o'zaro o'yinlar
“Dinamo” 2019 yilgi mavsumda Superliga 1-davrasida va Liga Kubogi doirasida “So'g'diyona” bilan uchrashdi. Ushbu bahslarda “Dinamo”chilar g'alaba qozonishgandi.
Superliga. 4-tur. 13 aprel
“Dinamo” – “So'g'diyona” - 1:0
Gol: Qadamboy Nurmetov, 51 (1:0).
Liga Kubogi. 2 iyul, 2019 yil.
“So'g'diyona” – “Dinamo” – 0:3
Gollar: Shohruh Abdurahmonov 20, Sanjar Baratov 82, Sardor Eminov 90+2.
Uchrashuv bosh hakami haqida fakt...
Bosh hakam Sherzod Qosimov boshqargan uchrashuvlarda "Dinamo" hozircha g'alaba qozona olmayapti. E'tiborlisi, PFL ketma-ket 4-marta Sherzod Qosimovni "Dinamo"ning safardagi o'yinlariga tayinlamoqda. Samarqanddagi bahslarda esa Qosimov bu yil umuman ishlamagan. Afsuski, Sherzod Qosimov boshqargan bu yilgi 3 uchrashuvdan 3 tasida ham "Dinamo" mag'lub bo'lgan. Ayniqsa, Termizda "Surxon" va so'nggi safar o'yinida "Navbahor" bilan uchrashuvda Sherzod Qosimov darvozamiz tomon penalti belgilagandi. Qolaversa, Qadamboy Nurmetovni maydondan chetlatgandi. Umid qilamizki, bu safar "Dinamo" bu faktni yo'qqa chiqaradi.
Eski tanishlar...
“Dinamo” va “So'g'diyona” tarkibida bir qator futbolchilar borki, ular avval Samarqand yoki Jizzax klubi sharafini himoya qilishgan. Xususan, “Dinamo” tarkibidagi Shohruh Eshbo'taev, Akmal Xolmurodov, Sardor Eminov, Ixtiyor Toshpo'latov, Bobur Qosimov singari futbolchilar oldingi mavsumlarda Jizzax klubi safida to'p surishgan.
Jizzax jamoasidan esa hujumchi Ivan Nagaev 2011-12 yilgi mavsumlarda “Dinamo” sharafini himoya qilgan.
“Dinamo” klubi matbuot xizmati.



