
O'tgan mavsumda milliy chempionatimiz bahslarida 10 ta gol kiritib bu borada jamoamiz to'purariga aylangan 21 yoshli hujumchi jamoamiz mashg'ulotlaridan birida jarohat oldi. Tibbiy ko'rikdan so'ng Farrux Shotursunovning jarohati jiddiy bo'lib chiqdi va uning oyog'iga gips qo'yildi. Dinamo bosh murabbiyi Ravshan Haydarovning aytishicha, Shotursunov endi kamida bir oy vaqt davomida jamoaga yordam bera olmaydi.