Dinamo Chimyon va Toshkentda yig'in o'tkazadi

Narzulla Saydullayev
11 iyul 2019, 10:41
Birinchi davra yakunlanganidan keyin besh kunlik qisqa tatilga chiqqan “Dinamo” jamoasi 12 iyul kunidan Superliga ikkinchi davra uchrashuvlariga tayyorgarlikni boshlaydi.

Jamoa 12 iyul, juma kuni Samarqanddan Chimyon tog'li-hududiga jo'nab ketadi. U yerdagi mashg'ulotlarda murabbiylar shtabi futbolchilarning jismoniy holatiga katta e'tibor qaratishadi. Tog'dagi yig'in bir hafta davom etib, 19 iyulda yakunlanadi.

20 iyuldan esa “Dinamo” Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'inini boshlaydi. Bir haftalik yig'in davomida nazorat uchrashuvlari o'tkazilib, tarkibda o'zgarishlar bo'lishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, “Dinamo” jamoasi 27 iyul kuni Superliga 14-turi doirasida Toshkentda “Bunyodkor”ga qarshi uchrashuv bilan ikkinchi davrani boshlaydi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcdinamo.uz