"Dinamo" BAAda yig'in o'tkazadi

Sherzod Nurmatov
23 dek 2025
Bugun, 23 dekabrdan "Dinamo" jamoasi Samarqandda yangi mavsum tayyorgarlik rejasi doirasidagi dastlabki o'quv-mashg'ulot yig'iniga kirishadi.

"Yangi mavsumda yangi marralarni ko'zlayotgan "Dinamo"ning tayyorgarlik rejasi ishlab chiqilgan bo'lib, selekciya ishlari ham davom ettirilmoqda. Vadim Abramov boshchiligidagi jamoamiz 23-30 dekabr kunlari Samarqandda mashg'ulotga o'tkazsa, Yangi yil bayramidan keyin – 3 yanvar kuni Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'inini boshlaydi. Poytaxtda o'tadigan ikki haftalik tayyorgarlik jarayonidan so'ng "Dinamo" jamoasi 16 yanvarda Birlashgan Arab Amirliklariga yo'l oladi.

Abu-Dabida o'tadigan ikki haftalik yig'in davomida bir qator xorij klublari bilan o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazilishi rejalashtirilgan. Bu haqda batafsil ma'lumot beriladi", – deyiladi samarqandliklar xabarida.

Avvalroq "Dinamo" yangi mavsumga tayyorgarlikni Samarqandda boshlashi ma'lum qilingan edi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Динамо" матбуот хизмати