"Dinamo" 5 yanvardan Toshkentda yig'inni boshlaydi

Sherzod Nurmatov
4 yanv 2023, 16:58
"Dinamo" jamoasi ertaga, 5 yanvar kunidan yangi mavsumga tayyorgarlik doirasidagi ikkinchi yig'iniga kirishadi.

Bosh murabbiy Vadim Abramov qo'l ostida poytaxtda o'tadigan o'quv-mashg'ulot yig'ini doirasida "Dinamo" jamoasi bir qator nazorat o'yinlarida ishtirok etishi, yangi o'yinchilarni ko'rikdan o'tkazishi rejalashtirilgan.

2022 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra, "Dinamo" bilan shartnomasi yakuniga etgan aksariyat o'yinchilar jamoani tark etdi. Jumladan, Mixaylo Yovanovich, Miloe Prekovich, Evgeniy Chumak, Saydullo Rahmatov, Ibrohim Yo'ldoshev, Islom Sharipov, Oybek Nurmatov, Sahob Rashidov, Marat Bikmaev klub bilan xayrlashdi.

Avvalroq Championat.asia sayti jamoa legionerlar bilan xayrlashgani, Bikmaev va Rashidov jamoani tark etgani haqida yozgan edi. 

Eslatib o'tamiz, Samarqand klubi o'tgan mavsum Superligada 15 ochko bilan oxirgi o'rinni band etib, Pro ligaga tushib ketgan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Динамо" матбуот хизмати