Dilyaver Vaniev: "Superligaga chiqish imkoniyatini yo'qotib bo'lganmiz. Ammo..."

Iskandarov Abdulaziz
11 okt 2022, 19:44
"Mashal" bosh murabbiyi Dilyaver Vaniev Pro liganing navbatdagi turidan o'rin olgan "Xorazm" (2:3) uchrashuvidan so'ng fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- O'yin haqida

- Muvaffaqiyatsizlikka uchradik. Bu ancha vaqtdan beri kuzatilmoqda. Yigitlar bosim ostida harakat qilishmoqda. Tayyorgarlik jarayoni bo'yicha hech qanday muammo yo'q. Rahbariyat hamma sharoitlarni yaratib beryapti. Yordamchim bilan bunga nima sabab bo'layotganini aniqlay olmayapmiz.  Superligaga chiqish imkoniyatimizni yo'qotib bo'lganmiz. Ammo har bir bahsda munosib o'ynashga intilamiz. Himoyadagi kichik xatolar to'plarni darvozamizdan olib chiqishimizga olib keldi. 

- Bugun asosan yoshlarga imkoniyat taqdim etdingiz. Ularda hayajon borligi va tajribasizlik sezilib qoldi.  Klub futbolchisi jamoa libosini hurmat qilishi kerak. Bugun sardor sifatida maydonga tushgan futbolchi (Samandar Shukurillaev – tahr) klub ramzi tushirilgan bog'ichni otib yubordi. Shu taraflama sardorlikka loyiq emasligi ko'rinib qoldi...

- Biz uning yetakchilik qolibiliyatini inobatga olib, sardor sifatida maydonga tushirgandik. Uning qo'pol xatosi tufayli gol o'tkazib yubordik. Bugun Samandarning kuni emasdi. Klub emblemasini nafaqat u, balki ixtiyorimizdagi barcha futbolchilar humat qilishi lozim. Bu bo'yicha albatta gaplashamiz. Bizda mavsum boshidan buyon markaziy himoyada muammo sezilmoqda. Hozirgacha buni to'g'rilay olmayapmiz. Hamma muxlislardan yomon ishtirok uchun uzr so'raymiz.


O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia