Dilyaver Vaniev: "Men uchun maydonimiz yaxshi"

Mirjalol Normatov
27 mar 2022, 10:28
Pro liganing to'rtinchi turidan o'rin olgan "Mashal" - "Xorazm"(1:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Dilyaver Vaniev fikrlarini bildirdi.

"Pro ligada o'tkinchi o'yinlar yo'q. Har bir jamoa kurashmoqda. "Xorazm"ning o'z maydonida "Andijon"ga qarshi o'yinini ko'rdik. Shu bois ushbu o'yinga jiddiy tayyorlandik. Ko'rinib turibdiki, bizga etarlicha qarshilik ko'rsata olishdi. 

Biz kutgan legioner futbolchi keldi. To'g'ri hali to'liq tayyor emas. Maydonga chiqib harakat qildi. 

O'tgan vaqt ichidagi yomg'irli kunlar maydonga ta’sir qilishi tabiiy edi. Men uchun maydonimiz yaxshi. Qolganlarni bilmadim", - deydi Vaniev




O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia