Dilyaver Vaniev: "Klubning moliyaviy holatiga men javob bermayman"

Narzulla Saydullayev
19 noya 2020, 18:42
Superliga 23-turdan o'rin olgan "Andijon" - "Mashal"(2:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar murabbiyi Dilyaver Vaniev fikrlarini bildirib o'tdi.

Bugun qiyin ob-havo sharoitidagi qiyin o'yinni o'tkazdik. Bunday qorli maydonda o'ylagan rejalarni amalga oshirish og'ir. Nima ham deyishim mumkin? Bu maydonda ikkala jamoa ham o'ynadi. Shunga qaramasdan, yigitlarimiz qiyin sharoitda bo'lsa-da, oxirigacha kurashishga harakat qildi.

Albatta, bizning bugungi o'yin uchun rejalarimiz boshqacha edi. Ammo noqulay ob-havo sharoiti tufayli hammasi o'zgarib ketdi. Hozir gapirsam bahona bo'lib qoladi. Afsuski, oxirgi daqiqalarda himoyada yo'l qo'ygan xatoimiz qimmatga tushdi. Oddiy vaziyatdan gol o'tkazib yubordik.

Klubning moliyaviy holati haqida men javob bermayman. Buni mendan so'ramang. Ushbu o'yinga yetib kela oldik. Mening ishim jamoani shug'ullantirish va o'yinga tayyorlash. Biz qo'ldan kelganicha ushbu bahsga tayyorgarlik ko'rdik.

Sardor Abduraimov nega zaxiradan maydonga tushdi? U mashg'ulotga qo'shilganiga hali ko'p bo'lmadi. Sardor bizning asosiy futbolchimiz. Bugun qayerdadir xato qilgandirmiz, hammasini ko'rib chiqamiz", - deydi Vaniev.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia