Dilyaver Vaniev: "Jamoamizda 2 nafar teng kuchli darvozabonning borligi xursand qiladi"

Iskandarov Abdulaziz
13 mar 2022, 20:46
Pro liganing 2-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Zomin" (2:0) uchrashuvidan so'ng muborakliklar ustozi Dilyaver Vaniev matbuot anjumani jurnalistlarning savollariga javob berib o'tdi.

"Mavsumdagi ilk uy uchrashuvimiz edi. Sifatli futbol ko'rsatishga harakat qildik. Lekin raqib ham futbol o'ynashni biladigan jamoa. Juda qiyin o'yin bo'ldi. Maydonda tenglik kuzatildi, deya olaman. "Zomin" juda yaxshi o'yin namoyish qildi"

- Ravshan Yagudin bugun bir nechta vaziyatlarda yaxshi harakat qildi. Uning jamoaga kelishi qanday yuz berdi?

- Ravshan Yagudin o'tgan mavsumni "Bunyodkor"da o'tkazdi. U oyoqda yaxshi o'ynaydi. Murabbiylar shtabi bilan kelishib bugun Yagudinni tushirishga qaror qildik. Bizda 2 nafar teng kuchli darvozabonning borligi xursand qiladi. 

- Xudoyorxon Sagdullaev zaxirada qolayotgani sababi nima?

- Taktik rejalar bilan bog'liq. U zaxiradan tushib ham ishonch bilan o'ynay oladi. 

- Jamoa legionerlar olmadi. Bu Pro ligaga tushib ketganinglar bilan bog'liqmi?

- Bir nafar xorijlik futbolchini olishga harakat qildik. Lekin unga viza bermayapti. 

O'xshash yangiliklar


Iskandarov AbdulazizMuallif
Manba: championat.asia