Dilshod Jo'raev: “Nasib qilsa muxlislarimizni xursand qilamiz”

Tolibjon Qosimov
1 mar 2014, 18:52
5 mart kuni Osiyo Kubogi-2015 saralash bosqichi doirasida BAA termasiga qarshi maydonga tushadigan O'zbekiston terma jamoasi bugun mashg'ulotlarni davom ettirdi.
Mashg'ulot yakunida Dilshod Jo'raevning tayyorgarlik jarayoni haqidagi fikrlari bilan qiziqdik:

-  Endigina qishki mavsumdan chiqdik, 3 oy davomida tayyorgarlik jarayonini davom ettirdik. Rasmiy o'yinlar boshlandi va buyog'iga engil mashqlarni bajarmoqdamiz, asosan to'p bilan ishlashga harakat qilayapmiz. Mavsum boshlanib qoldi, endi og'ir mashqlarni bajarmaymiz. Hozirgi mashg'ulotlar orqali texnik imkoniyatlarimizni yaxshilab borayapmiz. Bir so'z bilan aytganda, tayyorgarlik jarayoni rejadagidek davom etmoqda.

-  5 mart sanasidagi raqib haqida nima deya olasiz?

-  BAA da hozir chempionat o'yinlari davom etmoqda, shunga qaramay, a'lo darajada tayyorgarlik ko'rib, nasib qilsa chiroyli g'alaba evaziga mug'lislarimizni xursand qilamiz.

-  BAA terma jamoasining o'yinlari yozilgan video tasvirlarni ko'rib chiqdinglarmi?

-  Hozircha butun jamoa yig'ilmadi, terma jamoaning barcha a'zolari kelgach, albatta raqib o'yinlarini ko'rib chiqamiz.

-  “Bunyodkor”ning OCHL dastlabki turidagi o'yini haqida ikki og'iz fikringiz?

-  Ularda milliy chempionat o'yinlari ayni qizigan palla edi, biz uchun esa bu 2014 yildagi birinchi rasmiy uchrashuv edi. Shuning uchun ham safardagi durang natijani qoniqarli deb ayta olaman. Buyog'iga o'yindan-o'yinga sport formamizni tiklab boramiz.

Tolibjon Qosimov suhbatlashdi

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: championat.asia