Dilshod Rahmatullaev ham “Bunyodkor”da

Narzulla Saydullayev
5 yanv 2020, 11:03
Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi o'z tarkibiga yangi futbolchilarni qo'shib olishda davom etmoqda.

Jamoaning o'quv-yig'in mashg'ulotiga Dilshod Rahmatullaev kelib qo'shildi. O'tgan mavsum “Andijon” sharafini himoya qilgan tajribali futbolchi hozircha klub bilan shartnoma imzolagani yo'q. Shu bois markaziy yarim himoyachining “qaldirg'ochlar” safida qolishi hozircha aniq emas.

Ma'lumot uchun, Rahmatullaev 2019 yilgi Superligada 21ta o'yin (1656 daqiqa) o'tkazib, 3ta golli pas oshirgan va 2ta sariq kartochka ishlab olgan.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia