
Quvayt terma jamoasi ustidan qozonilgan ajoyib g'alabadan so'ng futzalchimiz Dilshod Rahmatov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
- O'zbekiston to'rtinchi marta Osiyo kubogi yarim finaliga chiqdi. Hissiyotlaringiz qanday?
- Avvalambor, o'yin uchun Quvayt terma jamoaga rahmat aytib qolamiz. O'yinga kelsak, biz o'yindan xursandmiz. Bu erga chempion bo'lish uchun kelganmiz. Maqsadimiz chempion bo'lish. Bu maqsad yo'lida har bir jamoaga qarshi maksimal darajada o'yin ko'rsatamiz. Har bir o'yin qiyin bo'ladi.
