Dilshod Jabborov: “Navbahor” oldiga sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritish vazifasi qo'yilgan”

Narzulla Saydullayev
21 yanv 2017, 17:12
Mavsumga tayyorgarlikni Toshkentda o'tkazayotgan Namanganning “Navbahor” klubi bugun Bekobodning “Metallurg” klubiga qarshi navbatdagi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

Ushbu bahsda bekobodliklar 3:2 hisobida g'alaba qozonishdi. O'yindan so'ng “Navbahor”  futbolchisi Dilshod Jabborov o'z fikrlarini bildirdi.

“Mavsumga jiddiy tarzda hamma qatori tayyorgarlik ko'rmoqdamiz. Mashg'ulotlarda ko'proq jismoniy holatimizga e'tibor beryapmiz. O'rtoqlik o'yinlarida natija muhim emas.

Jamoamizga kuchli futbolchilar kelib qo'shilishdi. Oldimizga sovrinli o'rinlarni qo'lga kiritish qo'yilgan. Voha jamoalaridan jiddiy takliflar bo'ldi. Lekin “Navbahor”da qolishni maqul ko'rdim. Xorij klublaridan qiziqishlar bo'ldi, lekin jiddiy emas. Oldimizda “Buxoro” jamoasiga qarshi yana bitta o'rtoqlik uchrashuvi bizni kutib turibdi”, - deydi “Navbahor” futbolchisi Dilshod Jabborov.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia