Diego Simeone: "Zenit" va "Portu"ga qarshi kam o'ynayotganlar maydonga tushishadi"

Tolibjon Qosimov
7 noya 2013, 12:49
"Atletiko" ustozi Diego Simeone YCHL 4-turidan o'rin olgan "Austriya"ga qarshi o'yindan so'ng (4:0) o'z fikrlarini bildirdi.
"Bugungi o'yindagi yirik g'alabadan xursandman. Mehnatlarimiz samarasini ko'rayapmiz.

Tezkor gol urgach, o'z o'yinimizni ko'rsatdik.

Endi "Zenit" va "Portu"ga qarshi bahslarda natijaga e'tibor bermay o'ynashimiz mumkin, chunki guruhda birinchi o'rinni naqd qildik.

Bu o'yinlarda kam maydonga tushayotganlarga imkon beramiz", - deydi Simeone.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru