Diego Simeone: Qarama-qarshilik taqdiri hal bo'lgani yo'q

Narzulla Saydullayev
15 apr 2015, 07:44
Atletiko bosh murabbiyi Diego Simeone YCHL 1/4 finali dastlabki uchrashuvidagi Real bilan o'yindan so'ng (0:0) quyidagi fikrlarni bildirdi.
Hakamlar haqida gapirishga muhtoj emasmiz. Ular ham adashishadi. O'z jamoamning o'yini haqida gapirmoqchiman. Qarama-qarshilik taqdiri hamon hal bo'lgani yo'q.

Tanaffusda yigitlar bilan futbol haqida gaplashdik. Ularning harakatlaridan qoniqdim. Oblak ko'p bor jamoani qutqardi.

Mandjukichning peshonasiga atayin zarba berishmadi. U jasoratli futbolchi. Ko'zining yoniga zarba berilgani uchun qonni to'xtatish qiyin bo'ldi. Umid qilamanki, Mario bugungidek o'ynashda davom etadi.

Mario Suares va Marselo – ikkala jamoa uchun ham katta yo'qotish. Javob o'yini qiyin bo'ladi, – deydi Simeone.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sports.ru