Diego Simeone: "Lokomotiv" sifatli o'yin ko'rsatmoqda"

"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone Chempionlar ligasi ikkinchi turidan oldin fikr bildirdi.

– Chorluka sizni "Atletiko"da eng xavfli deb atadi. Bu haqda nima deysiz?

– Maqtov yoqimli, lekin men o'yinchimasmanku. Bizning kuchimiz – birlikda, biz bitta organizm kabi harakat qilamiz. "Atletiko" jamoaviy o'yinda kuchli.


– "Lokomotiv"ni qanday baholaysiz?

– "Lokomotiv" sifatli o'yin ko'rsatmoqda. Jamoa o'yinida mazmun bor va xavfli raqib.


– Qachon Kosta–Feliks–Morata triosini ko'ramiz? Balki, bu "Loko"ga qarshi bo'lar?

– Nimaga yo'q. Bunday imkoniyat bor. Yaxshi formada bo'lganlar maydonga tushishadi. Lekin, ularning barchasi jarohat va diskvalifikaciya tufayli birga o'ynashmagan.


– Joriy mavsum nimalarni maqsad qilgansiz?

– Har bir keyingi o'yin muhim. Umid qilamanki, joriy mavsum bizda barchasi yaxshi bo'ladi, – deydi Simeone.


Manba: sport-express.ru