

“Jamoa ichida nima sodir bo'lsa, unga men javobgarman. Klubning Chempionlar ligasi va Ispaniya kubogidan chiqib ketishiga ham men javob beraman. Har doimgidek ishlashda davom etish kerak. Natijalarni yaxshilash uchun bizda 4 oy vaqt bor. O'yinchilarim nimalarga qodir ekanligini bilaman, shu boisdan xotirjamman. Raqib o'z imkoniyatlaridan o'tgan o'yinda ham bugun ham unumli foydalana oldi. Bizda ham imkoniyatlar bo'ldi, ammo darvozabon a'lo darajada o'yin ko'rsatdi”, - deydi Simeone.



