Diego Simeone: "Grizmann hozircha gol urmayapti, ammo bu yomon degani emas"

Aslanov Jasurbek
27 sen 2014, 11:03
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone, Antuan Grizmanni jamoaga moslashishidan ko'ngli to'ldi.
"Biz uni yaxshi formada bo'lishiga umid qilamiz. Futbolchilar o'z formasini bir muvozanatda ushlab turishsa, ular jamoaga ko'proq kerak bo'ladi. U golni his qiladi, chuqur o'ynaydi, birga-bir alday oladi, turli poziciyalarda o'ynashi mumkin. Hozircha u jamoamiz uchun gol urgani yo'q, ammo bu yomon emas, chunki u yosh. "Atletiko" va "Real Sosedad"da o'ynash bu bir hil narsa emas. Talablar farq qiladi" - deydi Simeone.

Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sport-express.ru