Diego Simeone: "Ernandesning o'zi hal qiladi, umid qilamizki u jamoada qoladi"

23 dek 2018, 14:45
"Atletiko" bosh murabbiyi Simeone Lukas Ernandesning "Bavariya"ga o'tishi mumkinligi haqida fikr bildirdi.

"Har qanday klub yaxshi futbolchilarni qidiradi. Bu normal holat. Men bu vaziyatni ijobiy tarafdan kuzatib bormoqdaman. Lukas uni qanday yaxshi ko'rishimizni biladi deb o'ylayman. "Bavariya" doim  eng yaxshi futbolchilar bilan shartnoma imzolashga harakat qiladi. Ammo, futbolchi avvalo o'zi qaror qilishi kerak. Umid qilamizki, shogirdim jamoada qoladi", - deya Diego Simeonening fikrlarini keltiradi Football Espana nashri.

Avvalroq, Lukas Ernandesning "Bavariya" klubiga o'tishi, yolg'on ma'lumot ekanligi haqida xabar tarqagandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: football-espana.net