Diego Simeone: "Bu "Real"ga nisbatan hurmatsizlik bo'ladi"

Omonjon To`xtamirzayev
15 apr 2022, 17:03
Diego Simeonedan UEFA Chempionlar Ligasida "Real"ga qanday maslahat berishi mumkinligi haqida so'rashdi.

"Real"ga "Manchester Siti"ga qarshi bahs oldidan maslahat berish? Menmi? "Real"ga Chempionlar Ligasida qanday o'ynash haqida? Bu ularga nisbatan hurmatsizlik bo'lardi", - dedi Diego Simeone Movistar"ga bergan intervyusida.

Aftidan, "Atletiko Madrid" ustozi shaharning boshqa bir jamoasining Chempionlar Ligasidagi eng muvaffaqiyatli klub ekanligiga shama qilmoqda. 

Eslatib o'tamiz, Diego Simeone jamoasi YCHL chorak finalida "Manchester Siti"ga imkoniyatni boy berdi. 

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Movistar