Diego Simeone: "Atletiko" o'z principlarini o'zgartirmaydi"

Mirjalol Normatov
24 avg 2025
"Atletiko" bosh murabbiyi Diego Simeone LaLiga doirasida "Elche"ga (1:1) qarshi o'yin yakunlari haqida gapirdi.

"Muxlislarning xafa bo'lgani aniq. Bizda ham holat shunday. Bugun g'alaba uchun borimizni berdik, biroq buni uddalay olmadik. Bor kuchimiz bilan ishlayapmiz. Futbolchilarimizning sifatlarini ishlatishga harakat qilyapmiz.

Holatni to'g'rilash uchun hotirjamlik, sabr va qattiq mehnat kerak. Shunda natijalar keladi. Biz o'z principlarimizni o'zgartirmaymiz. O'tgan ikkala bahsda ham biz ochko yo'qotishga loyiq emasdik", - dedi Simeone.

"Atletiko" LaLiganing ilk o'yinida "Espanol"ga 1:2 hisobida mag'lub bo'lgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Into the Calderon