Diego Simeone argentinalik yarim himoyachi bilan shartnoma imzolamoqchi

Alisher
19 noya 2020, 13:27
De Paul A Seriyadan ketishi mumkin.

"Udineze" xavbeki Rodrigo De Paul Madridning "Atletiko" klubi o'yinchisiga aylanishi mumkin. 26 yoshli argentinalik futbolchiga shaxsan madridliklar bosh murabbiyi Diego Simeone qiziqish bildirmoqda.

Ehtimoliy transfer ispan klubi uchun 25 million evroga tushishi mumkin.

De Paul joriy mavsum A Seriya doirasidagi 7ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: AS