Diego Maradona: “Qozog'istondan ham taklif olgandim”

Aslanov Jasurbek
15 may 2017, 22:41
Argentinalik futbol afsonasi Diego Armando Maradona Qozog'iston va Rossiya klublaridan ham taklif olganligini ma'lum qildi.

Xabaringiz bor, yaqinda Maradona BAA ikkinchi divizioni klubi “Al-Fujayra”ni qabul qilib olgandi.

“Men Qozog'iston, Rossiya va boshqa bir nechta davlat klublaridan takliflar oldim. Ammo, endi buni muhokama qilishdan foyda yo'q. Hozir fikru hayolim “Al-Fujayra”da.

Ishga jiddiy kirishdim. Avval ham aytganman va yana takrorlayman, menga BAAda yashash yoqadi. Bu dunyoning eng yaxshi joyi va BAAni hech qachon tark etmayman”, - dedi Maradona Khaleej Times nashriga bergan intervyusida.


O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif