Diego Kostaga LaLigadan taklif bor

Mirjalol Normatov
25 iyul 2022
Hujumchi Diego Kosta "Rayo Valekano" bilan muzokaralar olib bormoqda.

"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, futbolchiga klub 1 yillik shartnoma taklif qilgan va unda uning yillik maoshi 1 million evroni tashkil qilgan. Ayni damda 33 yoshli futbolchi erkin agent hisoblanadi.

Oldinroq Kostaga Urugvay chempionati vakili "Penyarol" jamoasiga o'tishi mumkinligi aytilgandi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mundo Deportivo