Diego Kosta JCH-2014ni o'tkazib yuborishi mumkin

Tolibjon Qosimov
19 may 2014, 15:12
AS nashrining xabariga ko'ra, "Atletiko" hujumchisi Diego Kosta Braziliyadagi JCH-2014ni o'tkazib yuborishi mumkin.
Futbolchi Ispaniya chempionatining 38-turidan o'rin olgan "Barselona"ga qarshi o'yinda (1:1) jarohat olib birinchi bo'limda almashtirildi. Dastlabki tibbiy tekshiruv uning mushaklari shikastlanganini ko'rsatdi. 19 may kuni Kosta chuqurlashtirilgan tibbiy tekshiruvdan o'tadi va shunda uning qachon safga qaytishi ma'lum bo'ladi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.kulichki.net