Diego Kosta "Atletiko" mashg'ulotlariga qaytdi

Alisher
20 yanv 2020, 12:46
"Atletiko" hujumchisi Diego Kosta jamoa mashg'ulotlariga qaytdi.

31 yoshli ispaniyalik hujumchi 10 noyarbdan buyon maydonga tushmayapti. Futbolchi belidan olgan jarohati tufayli jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan edi.

Kosta joriy mavsum Ispaniya chempionatida 11ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol urishga erishgan.

Hujumchi yaqin haftalarda to'liq mashg'ulotlarni boshlashi kutilmoqda.

Shuningdek, Koke, Vrsalko va Ximeneslar ham jarohatlaridan tiklanishmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/atleti