Diego Kosta APLga qaytishga yaqin

Mirjalol Normatov
28 avg 2020
"Atletiko" hujumchisi Diego Kosta faoliyatini Angliya Premer-ligasida davom ettirishga yaqin turibdi.

31 yoshli hujumchi bilan "Tottenxem" shartnoma imzolashni istamoqda. Joze Mourinyu ushbu transfer orqali jamoa hujum chizig'i kuchayishiga ishonmoqda va u transferning asosiy tashkilotchisi bo'lishi mumkin.

Oldinroq Diego Kostaga "Milan" qiziqish bildirgani haqida aytilgandi. Biroq moliyaviy tomondan klub va futbolchi kelisha olmadi.

O'tgan mavsumda Kosta 23 o'yinda 5 gol va 4 assist qayd etdi. Uning "matraschilar" bilan shartnomasi 2021 yil yoziga qadar davom etadi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Mirror