Diego Kosta Antonio Konte haqida bor gapni aytib berdi

Narzulla Saydullayev
15 avg 2017, 08:50
"Chelsi" hujumchisi Diego Kosta bosh murabbiy Antonio Konte haqida gapirib berdi.

"Agar klubga kerak bo'lmasam nima uchun ular meni sotishmayapti? Maqsadim - "Atletiko"ga qaytish.

Barchasi yanvar oyida boshlangandi, men yangi shartnomaga imzo chekishga tayyor edim, ammo keyin barchasi to'xtab qoldi. Barchasining ortida Antonio Konte turgandi. Uni murabbiy sifatida hurmat qilaman, ammo inson sifatida emas. Konte futbolchilar bilan do'st bo'lmagan", - deydi Kosta Daily Mail nashriga.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: dailymail.co.uk