

"Har bir posbonning o'z strategiyasi bor. Men Messi bilan suhbatlashishga qaror qildim. Keragini bajardim" - deydi Alves.
Ispan OAV Alves Messiga nima deganini ko'rsatishdi: "Men avval ham sen tepgan penaltini qaytarganman. Bu haqda bilansan... Esingdami o'sha zarba?".
Alves 2011/12 mavsumda "Velsniya" hamda "Barselona" o'rtasidagi Ispaniya Kubogi yarim final uchrashuvini nazarda tutgan. O'shanda uchrashuv 1:1 hisobida yakun topgan, Alves Messining penaltisini qaytargan.



