Dide Drogba qachon futboldan ketishini aytdi

Aziz Tukhtamuradov
14 noya 2017, 11:17
"Chelsi"ning sobiq futbolchisi Dide Drogba qachon futbolchilik faoliyatini yakunlashini ma'lum qildi.

"Keyingi mavsum men uchun so'nggisi bo'ladi. Qachondir to'xtash kerakku", - deydi 39 yoshli afrikalik futbolchi.

Ayni paytda Drogba Amerikaning "Finiks Rayzing" jamoasida to'p tepmoqda. O'z vaqtida u "Chelsi", "Marsel", "Galatasaroy" va boshqa klublarda to'p tepgan. Uning hisobida Kot-d'Ivuar safida 100dan ortiq o'yin mavjud. Hujumchi "Chelsi" safida 4 marotaba Angliya chempioni bo'lgan. Shuningdek, Chempionlar ligasida ham g'alaba qozongan.

O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: L`Equipe