

"Pogba yaxshiroq o'ynay oladi va u bunga majbur. U himoyaviy funkciyalarni bajarayotganda har doim ham o'zining eng yaxshi o'yinini ko'rsata olmaydi. Qachonki, u maydon markazida yaratuvchi vazifasini bajarsa o'zining ko'p qirraliligini namoyish etadi. Pogba yaqin orada yanada yaxshiroq o'ynashi kerak deb hisoblayman," - deya Deshamning so'zlarini keltirmoqda "goal.com".



