

"O'zgartirib bo'lmaslar yo'q. Antuan biz uchun juda muhim, ammo hozir u biz bilan emas.
Uning o'rniga hech kimni chaqirmadim, chunki uchrashuvga ikki kun qolganida bundan foyda yo'q. Tarkibda o'zgarishlar qildim va qo'l ostimdagi 22 futbolchiga ishonaman.
Kelajakda Grizmannga ishonch bildira olamiz deb o'ylayman. Antuansiz jamoa boshqacha ko'rinadi, ammo u uchrashuv taqdirini hal qiladigan futbolchi bo'lsada bizda o'zini ko'rsatishga imkoni bo'ladigan boshqa o'yinchilar ham bor" - deydi Desham.



