Dide Desham Fransiya termasini tark etadi. Uning o'rniga kim kelishi ham ma'lum

Khoja
8 yanv 2025, 09:08
Fransiya terma jamoasi ustozi Dide Desham JCH-2026 turniridan so'ng francuzlarni tark etadi.

Bu haqida rasman bugun e'lon qilinishi kutilmoqda. Uning o'rniga Fransiya termasini Zinedin Zidan keladi.

Ma'lumot uchun, Zidan 2021 yildan beri ishsiz hisoblanadi. U avvalroq Fransiya termasi yoki Real Madriddan boshqa jamoani boshqarmasligini ma'lum qilgandi.

Dide Desham esa 2012 yildan beri Fransiya termasiga ustozlik qilib kelmoqda. Uning qo'l ostida jamoa JCH-2018 turnirida g'alaba qozondi. Shuningdek, JCH-2022da finalga qadar yetib bordi.

O'xshash yangiliklar


KhojaMuallif
Manba: championat.com