Dide Desham Fransiya terma jamoasi tarkibini e'lon qildi

Aslanov Jasurbek
4 okt 2018, 17:54
Dide Desham boshchiligidagi Fransiya terma jamoasi murabbiylar shtabi milliy jamoaga chaqirilgan futbolchilar ro'yxatini e'lon qildi.

Eslatib o'tamiz, fransiyaliklar 11 oktyabr kuni Islandiya, 16 oktyabrda esa Germaniya bilan o'ynaydi.

Fransiya terma jamoasiga chaqiruv olgan futbolchilar

Darvozabonlar: Alfons Areola, Ugo Loris, Stiv Mandanda.

Himoyachilar: Luka Din, Benjamen Pavar, Rafael Varan, Luka Ernandes, Mamadu Saxo, Kurt Zuma, Presnel Kimpembe, Jibril Sidibe.

Yarim himoyachilar: N'Golo Kante, Stiven N'Zonzi, Blez Matyuidi, Pol Pogba, Tangi Ndombele.

Hujumchilar: Usmon Dembele, Antuan Grizmann, Florian Toven, Nabil Fekir, Toma Lemar, Olive Jiru, Kilian Mbappe.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: twitter.com/equipedefrance