Dibalaning agenti mijozi nima uchun MYUga o'tmaganini aytdi

Mirjalol Normatov
25 avg 2019, 16:43
"Yuventus" forvardi Paulo Dibalaning agenti Jorje Antuan mijozi nima uchun MYUga o'tmaganini aytdi.

"Parijda hech qanday uchrashuvlar ham muzokaralar ham rejalashtirilmagan. Paulo e'tiborini "Yuventus"ga qaratgan. Men ham sizlar kabi kelajakda nima bo'lishini bilmayman. Men "Manchester Yunayted" vakillari bilan gaplashganim rost. Ammo barchasi ham menga bog'liq emas. Ikki klub vakillari o'zaro muzokaralarda kelisha olishmadi", - dedi Jorje.

Oldinroq futbolchi MYUdan yiliga 15 million evro maosh so'ragani, bunga MYU rad javobini bergani borasida ma'lumotlar berilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Tuttosport