Dibala tez orada "Yuventus" bilan yangi shartnoma imzolaydi

Alisher
27 iyul 2020, 12:37
"Yuventus" sport direktori Fabio Paratichi jamoa forvardi Paulo Dibalaning yangi shartnomasi haqida gapirdi.

Argentinalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2022 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.

"Biz har 3 kundagi o'yinlar sabab bo'layotgan qiyinchiliklarga qaramay, Paulo bilan shartnoma imzolashda muvaffaqiyatga erishmoqdamiz.

Biz ushbu davrda ham tez-tez gaplashdik va muzokaralarda muvaffaqiyat qozondik", - deydi Paratichi.

26 yoshli Dibala joriy mavsum A Seriya doirasidagi 33ta o'yinda maydonga tushib, 11ta gol va 7ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sky Sport