Dibala tez orada Rimga tashrif buyuradi

Оқил Абдубарноев
18 iyul 2022
"Yuventus" sobiq hujumchisi Paulo Dibala "Roma" klubiga o'tishi mumkin.

"Bo'rilar" ustozi Joze Mourinyoning shaxsan o'zi argentinalik futbolchining Rim klubi safiga qo'shilishini istamoqda.

Portugaliyalik mutaxassis allaqachon hujumchi bilan gaplashib, uni jamoasiga olib kelishga ko'ndirgan.

"Roma" Dibala uchun yiliga 6 million evro maosh taklif qilishga tayyor.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Football Italia