

Argentinalik futbolchi rafiqasi bilan birgalikda ushbu kasallikka chalingandi. U "Yuventus"da koronavirus yuqtirib olgan uchinchi futbolchi bo'ldi.
"Simptonlar anchagina kuchli ta’sir qildi. Bugun esa o'zimni anchagina yaxshi his qilyapman. Endi harakatlana olyapman va mashg'ulotlarda qatnashmoqchiman.
Qiyinchilik bilan nafas oldim, hech nima qila olmayotgandim. Mushaklarimda qattiq og'riq bo'ldi. Endi esa men va rafiqamning holati anchagina yaxshi", - dedi Dibala.



